“Adliya spartakiadasi”da ishtirok etildi.

Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida sportni yana-da ommalashtirish, shuningdek, xodimlar o‘rtasida jamoaviy va do‘stona muhitni shakllantirish maqsadida 2024-yilning 19-aprel kuni Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Nurafshon shahrida “Adliya spartakiadasi” tashkil qilindi.

Sportning shaxmat, shashka, badminton, darts, stol tennisi va yengil atletika turlaridan tashkil etilgan “Adliya spartakiadasi”da 26 jamoadan 150 dan ortiq sportchilar ishtirok etdi.

Musobaqa natijalariga ko’ra Toshkent viloyati yuridik texnikum jamoasi ishtirokchilaridan sportning darts turi bo’yicha erkaklar o’rtasida o’tkazilgan musobaqada texnikumning yoshlar bilan ishlash bo’limi uslubchisi Xamrayev Bekzod Omonboy o’g’li 2-o’rinni, Shashka musobaqasi bo’yicha ayollar o’rtasida o’tkazilgan musobaqada texnikumning ichki nazorat va arxiv bo’limi uslubchisi Asatullayeva Muattar Risqiboy qizi ham 2-o’rinni egallashdi.

Respublika ilmiy-amaliy konfirensiyasi bo’lib o’tdi.

Texnikumda “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, ularni huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi

“Yil advokati-2023” tanlovi g’olibi bilan o’quvchi-yoshlar o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Texnikumda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro NNT tashabbusi bilan “Yil advokati-2023” tanlovi g’olibi Jasur Ne’matov tomonidan texnikum o’quvchilari uchun “Huquq tizimida yosh mutaxassislar “o‘z yo‘li”ni qanday topishi mumkin?” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

✅ Suhbat davomida advokat Jasur Ne’matov yuridik sohadagi o’zining professional tajribasidan kelib chiqib, texnikum o’quvchi-yoshlariga huquq sohasida o‘z yo‘lini topib, kelajakda tizimga qanday foyda keltirish va o‘zidan yaxshi nom qoldirish haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

✅ Shuningdek, advokat tomonidan O‘zbekistonda huquqiy islohotlar va yosh advokatlar uchun amaldagi imkoniyatlar borasida ham so’z yuritildi.

#Bilasizmi

 

2024-yilda abituriyentlar “Yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha 14 ta ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirishlari mumkin:

1. Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo’yicha
2. Yurisprudensiya: islom huquqi
3. Yurisprudensiya: qishloq xo‘jaligi huquqi
4. Yurisprudensiya: xalqaro-huquqiy faoliyat
5. Yurisprudensiya: xalqaro transport huquqi
6. Yurisprudensiya: biznes huquqi
7. Yurisprudensiya: davlat yuridik faoliyati
8. Yurisprudensiya: jinoiy-huquqiy faoliyat
9. Yurisprudensiya: transchegaraviy suv munosabatlari
10. Yurisprudensiya: xalqaro huquq va qiyosiy huquq.
11. Yurisprudensiya: yer munosabatlari.
12. Yurisprudensiya: fuqarolik va biznes huquqi.
13. Yurisprudensiya: tergov faoliyati
14. Yurisprudensiya: prokurorlik faoliyati.

#Bilasizmi

Qonunchilikka ko’ra, aholi tomonidan Energetika vazirligining Internetdagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog’liq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi.

❗️Bunda, huquqbuzarliklar to’g’risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag’batlantirilishi belgilangan.

☑️ Shuningdek, huquqbuzarlik to’g’risidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash Energetika vazirligining hududiy organlari so’roviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Endilikda har oyning to’rtinchi chorshanba kuni “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o’tkaziladi.

Hukumat topshirig’iga binoan, 2024-yil mart oyidan boshlab har oyning to’rtinchi chorshanba kuni (agar bayram kuniga to’g’ri kelsa, payshanba kuni) Toshkent shahrida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” deb e’lon qilindi.

“Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas’ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko’rsatib borishi belgilandi.

“Ochiq dars” bo’lib o’tdi.

23-fevral kuni texnikumda ingiliz tili fanidan “Tort low” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.

 

#Bilasizmi

Yangi Konstitutsiyada yoshlar huquqlariga oid eng muhim 5 ta yangilik haqida bilasizmi?

14-fevral-Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

14-fevral kuni Toshkent viloyati yuridik texnikumida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, sevimli shoir Shamsiddin Sadoiy ishtirokida  Zahriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil qilindi.

 

Zahiriddin Muhammad Boburning O‘rta Osiyo xalqlari taraqqiyotidagi o‘rni.

 

 

Tarixdan bizga ma’lumki, O‘rta Osiyo xalqlarining shakllanishi va davlatchilikning tashkil topishi hamda ularning taraqqiy etishida Zahiriddin Muhammad Boburning tutgan o‘rni beqiyos bo‘lib, bugungi kunga qadar uning siymosi ko‘z o‘ngimizda buyuk shoh va shoir, mutafakkir, shuningdek, boburiylar sulolasining asoschisi hamda jasur sarkarda va davlat arbobi sifatida gavdalanadi.

Shuningdek, ingliz olimi Uilyam Erskin ham o‘z satrlarida uning nechogʻlik mukammal inson boʻlganligini tasdiqlab “Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shugʻullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi” deya ta’rif bergan.

Bobur Mirzo 12 yoshida ekan, otasi bevaqt vafot etib, Farg‘ona hokimligi uning zimmasiga tushadi. 15 yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi.
16 yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo‘ladi. Keyin ham ikki marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Lekin saqlab qolish nasib  etmadi. Samarqandni ham, Andijonni ham qo‘ldan berib, tog‘-u toshlarda besh-o‘n yigiti bilan goh otliq, goh yayov yurgan paytlari ham bo‘ldi. Nihoyat, 1503-yilda Jayhun (Amu)ni kechib, Xurosonga o‘tdi. Kobul va G‘aznani qo‘lga kiritdi. So‘ng
1526-yilda esa Hindistonni zabt etib, katta saltanat o‘rnatdi.

Bobur Mirzo mayda mayda rojaliklarga bo’linib ketgan Hindistonni markazlashgan davlatga aylantirdi. Hukmronligi davrida pochta-aloqa sohasiga ham jiddiy o‘zgartirishlar kiritdi, vaqt birligiga yangilik joriy etdi, arxitekturada Movarounnahr me’morlik uslublarini qo‘lladi, milliy artilleriya, harbiy-dengiz flotiga asos soldi. Hind jamoat arbobi Javoharlal Neru Shunday degan edi: “Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati, ularga mashg‘ulligi bilan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta hukmdor topilmaydi”.

Boburiylar davrida Hindiston gullab yashnadi, ilm-fan rivojlandi va mamlakatda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.  Boburiylar sulolasining Hindistondagi 332 yillik faoliyati haqida g‘arbi boburshunos olimi Valdemar Xansen oʻzining 1986 yilda Dehlida chop etilgan “Tovus toj yoki moʻgʻullar saltanati qismati” kitobida  “Hindiston va uning 8 ming yillik tarixi bamisoli bir tovus boʻlsa, oʻsha koʻp ming yillik tarixdagi boburiylar sulolasining 332 yillik hukmronlik davri ana shu tovusning gultojisidir” degan edi.

Bobur shoh va shoir bo’lishi bilan birga jasur sarkarda ham edi. Bobur Mirzoni rus olimi, Petirburg unversititining professori N. I. Vaselovskiy u haqda shunday degan edi: “Aytish mumkinki, Bobur botirligining cheki bo’lmagan uning hayoti jasorat namunalari bilan to’lib toshib yotibdi. Faqat ugina ikki yuz kishilik qo’shini yordamida shayboniy o’zining 15 minglik askari bilan mustahkamlanib olgan Samarqandga yurish qilishga jur’at eta oldi: Faqat jur’at etibgina qolmadi, balki qal’adan haydab yubordi” deb tariflagan edi.

Hozirga qadar Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida ko’plab izlanishlar va tadqiqotlar olib borilgan. Ammo B.Valixo‘jayev “Mumtoz simolar” kitobida: ”…bu qutlug‘ ishni Boburning o‘zi “Boburnoma”da boshlab bergan edi. Shundan so‘ng Movarounnahr, Afg‘oniston va Hindistonda yozilgan tazkira va tarixiy asarlarda Bobur haqida ma’lumot berish kuzatiladi” deb ta’kidlagan.

Zahiriddin Muhammad Bobur sohibdevon shoir bo‘lsa-da, uning devoni bizgacha mukammal holda yetib kelmagan. Hozirgacha shoirning 119 g‘azal, 1 masnaviy she’ri, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qit’alari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibidan umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham o‘rin olgan. Shoirning “Boburnoma”, “Mubayyin” va “Aruz haqida risola” hamda “Xatti Boburiy risolasi” asarlari juda mashhur.

Bobur hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi asar “Boburnoma” hisoblanadi. Asarda tarixning Bobur yashab o‘tgan davri voqealari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xo‘jand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha bo‘lgan qamrovga ega. Ya’ni unda O‘rta Osiyodan Hindistongasha bo‘lgan o‘lkalardagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda etilgan. Darhaqiqat “Boburnoma”dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va lo‘nda, ta’sirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan e’tiborlidir.

“Boburnoma” – ilmiy, adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda o‘z davridagi ko‘plab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning ko‘plab tog‘lari, daryolari, o‘rmon va cho‘qqilari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqida ma’lumotlar jamlangan. Shuningdek boburnoma 25 tadan ortiq tillariga tarjima qilingan.

Bobur “Xatti Boburiy” risolasi asosida xat turini ham yaratgan. “Xatti Boburiy” Arab alifbosi asosida tuzilgan bo’lsada, bu alifbodan ba’zi jihatlari bilan ajralib turadi. Ammo bu ham Arab alifbosi singari 29 harfdan iborat. Risolada Bobur Arab alifbosini tahrir qilib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish yo’lidan boradi va shu maqsadda uni turkiy tilning talaffuz me’yorlariga moslashtirishga harakat qiladi. U Hindistonda ekanligida bu xat bilan kitobat qilingan o’zining bir qancha she’rlarini Movarounnaxr va Afg’onistonga Humoyun Mirzo, Xoja Kalon va Hindol Mirzoga jo’natgan edi. “Xatti Boburiy” bilan muqaddas Qur’oni Karim ham ko’chirilgan va u “Mushafi Boburiy” deb atalgan.

Xulosa qilib aytganda, Zahiriddin Muhammad Bobur mart, jasur, kuchli bilim sohibi edi. Shu jihatdan Hindistonning atoqli jamoat arbobi Javoharlal Neruning “Hindistonning kashf etilishi” asarida Bobur haqida aytgan quyidagi so’zlarini keltirish o’rinlidir: “Bobur dilbar shaxs uyg’onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo’lgan. U san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan xuzur qilishni yaxshi ko’rardi” deb yozgan.

Mutaffakir o‘zining ma`lum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir va ijtimoiy masalalar yechimiga o`z hissasini qo`shgan olim sifatida xalqimiz ma`naviy madaniyati tarixida munosib o`rin egallagan.

Toshkent viloyati yuridik texnikumi

Ichki nazorat va arxiv bo’limi uslubchisi

M.Asatullayeva